Qizlarimiz yana sovrindor

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida FINA jahon seriyasida bosqichida dunyoning 18 mamlakatidan sportchilar ishtirok etishdi. Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘z omadini sinab ko‘rdi. Qizlarimiz guruh bellashuvlarida erkin chiqish bo‘yicha mashqlarda 80,3 ball to‘plab, bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Bu borada Yaponiya birinchi, Fransiya terma jamoasi qizlari esa ikkinchi o‘rinni egallashdi.
«Highlight» mashqlarida terma jamoamiz a’zolari 79,4 ball jamg‘arib, kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Oltin medalni 85,2667 ball to‘plagan fransiyalik qizlar qo‘lga kiritdilar.
Ma’lumot uchun, «Highlight» akrobatik mashqlardan tashkil topgan qiyin dastur hisob­lanadi. O‘zbekiston terma jamoasida akrobatik mashqlar murabbiy Farhod Hikmatov boshchiligida olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Xitoydagi Jahon seriyasining solo bo‘yicha erkin chiqish bahslarida Xonzodaxon Toshxo‘jayeva oltin, «Highlight»ning jamoaviy erkin dasturida esa terma jamoamiz a’zolari bronza medallarini qo‘lga kiritgandilar.

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.02.2020 | 16:39
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169