Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sportini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4881-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Jizzax viloyatida kurash sportiga boʻlgan eʼtiborni oshirish, viloyatdagi kurashchilarga yana-da keng imkoniyatlar yaratib berish, taʼlim muassasalarida kurash sportini faol targʻib etish va rivojlantirish, ushbu sport turini milliy qadriyatimiz sifatida yoshlar ongiga chuqurroq singdirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda Jizzax viloyati Kurash federatsiyasining masʼul kotibi A.Tilakov, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boʻlim boshligʻi I.Tojiboyev, Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari hamda barcha shahar, tumanlardan kurash murabbiylari ishtirok etdi.
Seminarda Jizzaxni viloyatini kurash sporti boʻyicha mamlakatimizning yetakchi viloyatlari safiga olib chiqish, kurashning xalqaro nufuzini oshirish borasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Seminar munozaralarga boy boʻlib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
19.01.2021 | 22:02