Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida voleybol musobaqalari oʻtkazilmoqda

2021-yil yanvar oyi Qoraqalpogʻiston Respublikasida voleybol oyligi etib belgilangan. Shu munosabat bilan yaqinda Nukus shahrida Ichki ishlar xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Unda 70 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Murosasiz kechgan bahslar yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Shumanay tumanida ham “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida korxona va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida voleybol musobaqalari oʻtkazildi. Ushbu musobaqada 50 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.


12-yanvar kuni Qoraoʻzak tumanining Berdax nomli ovul fuqarolar yigʻinida joylashgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tumandagi OFY, MFY va SHFYlarda yashovchi aholini ommaviy sportga jalb etish maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa koʻtarinki ruhda oʻtkazilib, unda 90 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.


Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar Qoraoʻzak tumani hokimligi hamda Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.01.2021 | 22:02
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169