Oʻzbekistonlik yosh velosportchi Italiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Yosh, iqtidorli oʻzbekistonlik sportchilar asta-sekin koʻhna dunyo Yevropani zabt etishmoqda.

Yaqinda futbol boʻyicha milliy terma jamoamizning toʻpurar hujumchisi Eldor Shomurodov oʻz vaqtida “kichik jahon chempionati” nomini olgan Italiya A seriyasiga koʻchib oʻtgandi. U 9 karra Italiya chempioni «Jenoa» klubi safini toʻldirdi. Uning ortidan yana bir isteʼdodli sportchimiz, velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Behzodbek Rahimboyev ham Apennin yarim oroliga yoʻl oladigan boʻldi.

Soʻnggi yillarda Behzodbekning iqtidori koʻplab xorijiy klublar diqqatini oʻziga tortib kelayotgan edi. Yakunda Italiyaning mashhur “Team Viris Vigevano” klubi hamyurtimiz bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

Unga koʻra, yurtdoshimiz 2021-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda ushbu jamoa sharafini himoya qiladi. Italyan klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Rahimboyevni jamoa vakili sifatida rasman tanishtirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 15:24
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169