Namanganda velomarafon boʻlib oʻtdi

Namanganda aholini barcha qatlamlarini qamrab olgan velomarafon tashkil etildi

Mamlakatimizda karantin choralari yumshatilishi natijasida barcha sohada boʻlgani kabi sport sohasida ham sport musobaqalari hamda ommaviy sport tadbirlariga ruxsat berildi.

Jumladan, Namangan viloyatida ham bir qator sport turlari boʻyicha chempionatlar va ommaviy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Bugun shunday tadbirlardan biri boʻlib oʻtdi. Namangan shahrining 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholisini qamrab olgan velomarafon tashkil etildi. Ushbu marafon qulaylik jihatini inobatga olgan holda Namangan aeroporti hududida oʻtkazildi. Mazkur marafonda 300ga yaqin sport sevar yurtdoshlarimiz ishtirok etishdi.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida oʻtkazib kelinmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169