“Yoshlar spartakiadasi”da 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi

Sirdaryo viloyatida ham aholini sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, ularni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning natijasida koʻplab sport musobaqalari tashkil etilib, sport tadbirlariga aholining keng qatlami, jumladan yoshlar faol jalb etilmoqda.

Xabar berganimizdek, shu kunlarda viloyatda "Yoshlar spartakiadasi” musobaqalari boʻlib oʻtmoqda. Bu galgi sport musobaqalariga viloyatning Sayxunobod va Mirzaobod tumanlari hamda Guliston shahri mezbonlik qildi.

Mazkur hududlarda sportning kikboksing, yengil atletika va shashka turlari boʻyicha viloyat birinchiliklari tashkil etildi. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sport inshootlarida oʻtkazilgan musobaqalarga tuman (shahar)lar jamoalaridan tashqari qoʻshni Jizzax viloyatidan ham sportchi-yoshlar ishtirok etdi. Jami 500 nafarga yaqin yoshlarni qamrab olgan spartakiada yakunida gʻolib va sovrindorlar, shuningdek faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan 1-, 2- va 3-darajali diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169