Veloshosse boʻyicha mamlakat chempionalari aniqlandi

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida veloshosse boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionati yakunlandi. Dasturga koʻra musobaqaning eng qiziqarli yoʻnalishi boʻlmish guruh poygasi yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

Kutilganidek, erkaklar oʻrtasidagi bellashuvda tajribali sportchimiz Murodjon Xolmurodov marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi. Ayollar oʻrtasidagi esa yosh iqtidorli vakillarimizdan biri Yanina Kuskovaga teng keladigani topilmadi.

Guruh poygasi. Erkaklar, 130 km

1. Murodjon Xolmurodov

2. Nikita Stenkovoy

3. Begzod Rahimboyev

Guruh poygasi. Ayollar, 90 km

1. Yanina Kuskova

2. Anna Kulikova

3. Renata Baymetova

Poygadan soʻng musobaqaning shu va boshqa yoʻnalishlari uchun tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Endi velosportchilarimiz kelasi haftadan trekda oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi mamlakat birinchiligida start olishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169