Sirdaryoda aholi orasida ommaviy sogʻlomlashtiruvchi mashgʻulotlar tashkil etildi

Sirdaryo viloyatida keksalar va nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida sogʻlomlashtiruvchi badantarbiya mashgʻulotlari hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish sport tadbirlari tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida, faollar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda yurtdoshlarimizni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, ularni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb etish, toʻgʻri ovqatlanish, aholida ortiqcha vazn paydo boʻlishi natijasida qand kasalligi, shuningdek, turli yuqumli boʻlgan kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida aholi orasida sogʻlomlashtiruvchi jismoniy mashqlarni keng ommalashtirish hamda ularga qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratish zarurligi, bu borada Oqoltin tumani tajribasi asosida aholi orasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish taklifini ilgari surgan edilar.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida bugun erta tongdan Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Xovos, Sirdaryo, Sayxunobod, Mirzaobod, Boyovut tumanlari hamda Guliston va Shirin shaharlari aholisi, jumladan, keksalar va nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasida sogʻlomlashtiruvchi badantarbiya mashgʻulotlari hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish sport tadbirlari tashkil etildi.

Shuni alohida taʼkidlash lozim, aholi tomonidan “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi ijobiy qabul qilinib, ishtirokchilar safi tobora kengayib bormoqda. Xususan bugungi ertalabki badantarbiya va yurish sport tadbirlarida ham 15 mingga yaqin aholi ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.10.2020 | 20:57
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169