Gulchehra Hasanova: “Sogʻlom ovqatlanish deganda diyeta qilishni tushunmaslik kerak”

Sportchilarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar zamirida shubhasiz ikki soha, sport shifokorlari va diyetologlarning xizmati katta.

Bejiz sporti taraqqiy etgan mamlakatlar bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratmaydi. Quvonarlisi, yurtimizdagi sport federatsiya(assotsiatsiya)lari hamda klublar ham zamon bilan hamnafas odimlash maqsadida jahonning ilgʻor tajribalarini amaliyotga tatbiq etishyapti. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati diyetolog Gulchehra Hasanova bilan shu mavzuda suhbatlashdi.

- Sportda diyetologlarning oʻrni va roli oshib boryapti. Natijalarning ijobiy boʻlishida siz va hamkasblaringizning ham hissasi katta. Shunday emasmi?

- Bilasizmi, biz murabbiylar bilan bir tilda gaplashishimiz kerak. Aks holda natija ijobiy boʻlmaydi. Shuningdek, sport nutritsiologiyasini laboratoriya va funksional diagnostikasiz tasavvur qilish qiyin. Bularsiz sportchiga hech narsa tavsiya qila olmaymiz. Foydali koeffitsiyentlarni ham aniqlab boʻlmaydi. Oʻquv kursida shu va boshqa qiziqarli, qolaversa dolzarb mavzular haqida soʻz bordi.

- Oʻzbekistonni Yevropa davlatlari bilan taqqoslaganda, qanday yangilik va shu bilan birga ustunliklar bor?

- Bizdan farqli jihati shundaki, Yevropada laborator diagnostikaga juda katta eʼtibor qaratiladi. Yevropadan keltirilgan jihozlar yordamida sportchilardan oʻta aniq tahlil olinib, shunga monand tarzda tashxis qoʻyiladi. Keyin biologik faol qoʻshimchalardan samarali foydalanishadi. Bizdan yana bir farqli tomoni, taomlar tayyorlashda asosan tovuq va baliq goʻshti ishlatiladi. Mol va qoʻy goʻshtini deyarli isteʼmol qilishmaydi. Dengiz mahsulotlari juda koʻp va keng assortimentda.

- Tovuq va baliq goʻshtidagi kaloriya mol va qoʻy goʻshtidagi kaloriyadan kuchliroqmi?

- Yoʻq. Kaloriya jihatdan mol va qoʻy goʻshti kuchli va toʻyimli hisoblanadi. Biroq ular nisbatan qiyinroq hazm boʻladi. Baliq goʻshtining esa foydali tomonlari koʻproq deb oʻylayman. Chunki, dengiz baligʻi omega-3 singari foydali moddalarga juda boy. Dzyudo sport yakkakurashlari oilasiga mansub boʻlgani uchun oʻrtacha 5000-6000 kilokaloriya (kkal)ga moʻljallab taomnoma tayyorlash kerak.

- Bugungi kunda sohangizda nimaga koʻproq eʼtibor qaratish kerak deb hisoblaysiz?

- Hozirda individual taomnoma tuzish oʻta aktual, yaʼni dolzarb masala. Bunga Milliy olimpiya qoʻmitasi tashabbusi hamda Sport tibbiyoti markazi bilan hamkorlikda genetik qon tahliliga koʻra litsenziyaga ega boʻlgan sportchilarga individual taomnoma tuzish ustida ish olib boryapmiz. Bugungi kunda sogʻlom ovqatlanishni nafaqat sportchilar, balki barchaga birdek tatbiq etish kerak. Faqat shundagina qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, kamqonlik kabi juda koʻp xastaliklarning oldi olingan boʻladi. Sogʻlom ovqatlanish deganda xalqimiz koʻpincha diyeta qilish tushunchasini tushunadi. Bu notoʻgʻri. Bunda ratsional ovqatlanishni tushunish kerak.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.10.2020 | 20:57
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169