Qilichbozlik boʻyicha “Umid” Respublika turniri yakunlandi

Respublikamiz boʻylab karantin talablari yumshatilgach barcha sohada doʻlgani kabi sport sohasida ham sport musobaqalari oʻtkazilmoqda. Shunday musobaqalardan biri qilichbozlik boʻyicha bir necha kun oldin start berilgan “Umid” Respublika turniri ham yakunlandi.

Musobaqa Reglamentiga koʻra dastlabki kunda shpaga ustalari bahs olib borishgan boʻlsa, navbatdagi kunda esa rapirachilar oʻz omadlarini sinab koʻrdi va turnirning soʻnggi kunida sablyachilar kuch sinashdilar.

Qiziqarli oʻtgan birinchi kun bahslarida shpaga boʻyicha gʻolib va sovrindorlar quyidagilar:

Shpaga (Erkaklar)

1. Javohirbek Nurmatov (Andijon)

2. Fayzulla Alimov (Toshkent)

3. Matvey Kremnev (Toshkent)

3. MeirxanTemurov (Navoiy)

Shpaga (Ayollar)

1.Veronika Rojkova (Toshkent)

2.Malika Hakimova (Toshkent)

3.Sevara Rahimova (Toshkent)

3.Marjona Zubaydulloyeva (Buxoro)

Turnirning eng sara 30 ga yaqin sablyachilar oʻrtasida kechgan bahslar shiddatli oʻtdi. Sablya yoʻnalishi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha:

Sablya (Erkaklar)

1. Sherzod Mamutov (Qoraqalpogʻiston)

2. Fozil Genjebayev (Qoraqalpogʻiston)

3. Bobur Rasulov (Toshkent)

3. Azizbek Dauletnazarov (Qoraqalpogʻiston)

Sablya (Ayollar)

1. Shahnoza Togaymuratova (Toshkent)

2. Sevinch Ismailova (Toshkent)

3. Aysulu Usnatdinova (Qoraqalpogʻiston)

3. Tolkinoy Bekbuliyeva (Qoraqalpogʻiston)

Musobaqaning soʻnggi kunida rapirachilar bahs olib borishdi. Ushbu turnirda jami 26 nafar atlet, shundan 8 nafar ayol sportchilar birinchilik uchun kurash olib borishdi.

Erkaklar oʻrtasida keskin va murosasiz kechgan bahslarda andijonlik Axmadillo Solixojiyev barcha raqiblarini dogʻda qoldirib, gʻalabani qoʻlga kiritdi. Axmadillo final bosqichida toshkentlik Xalilullo Sharipov bilan kuch sinashdi va raqibi ustidan ishonchli gʻalabaga erishib turnirning oltin medaliga sazovor boʻldi.

Ayollar bahsida esa poytaxtlik Madinabonu Parpiyeva oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bosqichida Madinabonu samarqandlik Umida Ilyosovani 15-8 hisobi bilan yengib, shohsupasining eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Rapira (Erkaklar)

1. Axmadillo Solixojiyev (Andijon)

2. Xalilullo Sharipov (Toshkent)

3. Doniyor Nugumanov (Toshkent)

3. Muxammadyusuf Asranov (Andijon)

Rapira (Ayollar)

1. Madinabonu Parpiyeva (Toshkent)

2. Umida Ilyosova (Samarqand)

3. Marjona Usmonova (Andijon)

4. Kamila Mirzayeva (Toshkent)

Taʼkidlash joiz, terma jamoamiz yetakchisi Zaynab Dayibekova kichik jarohat sabab ushbu musobaqani oʻtkazib yubordi.

Shuningdek aytib oʻtishimiz lozim, ushbu turnir faqat shaxsiy birinchilikda oʻtkazildi. Terma jamoa murabbiylar shtabi bu orqali karantindan keyin sportchilarning jismoniy holatini yana bir bor koʻzdan kechirib olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.10.2020 | 20:57
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169