Yosh stol tennischilar Andijonda jam boʻlishdi

Andijon shahrida 2001-2002-yillarda tugʻilgan va undan kichik yoshdagi yigitlar va qizlar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda bir qator tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur chempionatda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yosh va umidli sportchilar gʻoliblik uchun oʻzaro raqobatlashmoqda.

20-oktyabrga qadar davom etadigan ushbu musobaqada har bir jamoa tarkibida 5 nafardan yigit-qiz oʻrin olgan.

Oʻzbekiston chempionati mamlakat yoshlar terma jamoasiga nomzodlarni saralash vazifasini ham oʻtab beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.10.2020 | 20:57
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169