O‘zDJTSUda yangi talabalar uchun “1-bosqich maktabi” tadbiri o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport o‘yinlari fakulteti 1-bosqichiga qabul qilingan talabalarni universitetdagi mavjud sharoitlarga moslashtirish jarayonini tashkil etish maqsadida “1-bosqich maktabi” tadbirlari tashkil etildi.

“Gandbol” va “Regbi” yo‘nalishlari 1-bosqich talabalariga Sport o‘yinlari fakulteti dekani N.Dusanov universitet tarixi, uning faoliyat Nizomi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi haqida maʼlumot berdi.

Fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ochilov talabalarga universitetning ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Tennis”, “Badminton” va “Stol tennisi” yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Dekan bilan muloqot” tadbiri ham tashkil etildi.

Unda dekan N.Dusanov talabalarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning yoshlar ijtimoiy hayotidagi roli haqida maʼlumot berdi.

Bundan tashqari fakultet tomonidan “Voleybol” va “Basketbol” yo‘nalishlarining 1-bosqich talabalari uchun ham universitet bilan tanishuv tadbirlari tashkil etildi. Unda fakultet rahbariyati, shuningdek universitet xotin-qizlar qo‘mitasining raisi, rektor maslahatchisi N.Mirjamalova hamda “Tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Q.Usmonovlar ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.11.2020 | 23:22
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169