TAYINLOV: Karimov Avazjon Qudratillayevich Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov, vazirlik hamda sport federatsiya va assotsiatsiyalari rahbariyati, sport taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilishga raislik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Abduhakimov soʻnggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi. Shu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish zarurligiga urgʻu qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy oʻzgarish yuz berganligini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Karimov Avazjon Qudratillayevich jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Avaz Qudratillayevich Karimov – 1983-yil 19-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi raisining oʻrinbosari sifatida boshlagan. 2007-2011-yillarda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi, 2011-yildan Oʻzbekiston badminton federatsiyasi raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014-2015-yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori oʻrinbosari, soʻngra ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi Ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2017-2019-yillarda Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019-yil 6-sentyabrdan hozirga qadar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi A.Karimovni masʼuliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan muborakbod etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.11.2020 | 15:24
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169