Dubaydan 28 medal bilan qaytishdi

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida Para-Osiyo o‘yinlari bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqada paralimpiya sportining 8 turida Osiyoning 30 mamlakatidan kelgan 800 sportchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bordi. O‘zbekiston terma jamoasining 17 nafar a’zosi 20 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza – jami 28ta medalni qo‘lga kiritdi.
III yoshlar Para-Osiyo o‘yinida quyidagi sportchilarimiz shohsupaga ko‘tarilishdi:
Suzish (6 ta medal)
Akbar Yangiboyev -S13 (100 m chalqancha usulda) – oltin
Akbar Yangiboyev -S13 (100 m erkin usulda) – kumush
Muhammad Abduraimov -S13 (100 m batterflyay) – oltin
Muhammad Abduraimov -S13 (100 m erkin usulda) – oltin
Fotima Amilova -S13 (200 m erkin usulda) – oltin
Fotima Amilova -S13 (100 m erkin usulda) – oltin
Pauerlifting (4 ta medal)
Shahzoda Mamadaliyeva (45 kg) – oltin
Muhammadxon Xo‘jaxonov (88 kg) – bronza
Abbosxon Rahimjonov (59 kg) – bronza
Nuriddin Mengziyayev (107 kg) – kumush
Yengil atletika (18 ta medal)
Boburjon Omonov -F41 (4 kg yadro uloqtirish) – oltin
Muhammad Rixsimov -F42 (6 kg yadro uloqtirish) – oltin
Muhammad Rixsimov -F42 (disk uloqtirish) – oltin
Yorqinbek Odilov -F57 (disk uloqtirish) – oltin
Yorqinbek Odilov -F57 (nayza uloqtirish) –oltin
Yorqinbek Odilov -F57 (yadro uloqtirish) – oltin
Sabina Suxanova -T37 (100 m yugurish) – oltin
Sabina Suxanova -T37 (200 m yugurish) – oltin
Asila Mirzayorova -T11 (100 m yugurish) – oltin
Asila Mirzayorova -T11 (200m yugurish) – oltin
Asila Mirzayorova -T11 (uzunlikka sakrash) – oltin
Damir Pashayev -T13 (100 m yugurish) – oltin
Damir Pashayev -T13 (800 m yugurish) – oltin
Damir Pashayev -T13 (400 m yugurish) – kumush
Damir Pashayev -T13 (200 m yugurish) – kumush
Roziyaxon Ergasheva -F46 (yadro uloqtirish) – kumush
Roziyaxon Ergasheva -F46 (disk uloqtirish) – kumush
Roziyaxon Ergasheva -F46 (nayza uloqtirish) –oltin
Ushbu ajoyib natijalar mamlakatimizda imkoniyati cheklangan insonlarning ham sport bilan shug‘ullanishlariga jiddiy e’tibor berilayotgani hamda munosib shart-sharoit yaratilayotganining samarasi ekanini alohida ta’kidlash darkor.

Qanday sport turlarini bilasiz (168)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.12.2018 | 18:11

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169