Boks boʻyicha terma jamoa aʼzolariga psixologik tayyorgarlik boʻyicha onlayn mashgʻulot oʻtkazildi

Yaxshi bilasiz, pandemiya sababli terma jamoalarimiz mashgʻulotlarni onlayn tarzda davom ettirishmoqda.

Navbatdagi onlayn mashgʻulot boks boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi vakillari ishtirokida oʻtkazildi. Bu safargi mashgʻulot belgilangan rejaga muvofiq psixologik tayyorgarlik mavzusiga qaratildi. Federatsiya masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu nazariy mashgʻulotlarda sportchilarning ruhiy tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Karantin sabab mashgʻulotlarni susaytirib qoʻymaslik lozimligi, pandemiya nihoyasiga yetganidan soʻng yana yigʻinlar, xalqaro musobaqalar boshlanishi taʼkidlandi.

Bunday davrda nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy tomonlama ham oʻz-oʻzini rivojlantirib, kitoblar oʻqish lozimligi, dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiluvchi mashgʻulotlar bilan shugʻullanish lozimligi murabbiy Ikromxon Xodjayev tomonidan qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, karantin davri uchun turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz uchun reja ishlab chiqilgan boʻlib, trenerlar aynan ushbu reja asosida bokschilarimiz bilan ish olib borishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 17:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169