RPL: Shomurodov eng yaxshi, Oʻrunov esa eng yaxshi yosh futbolchi boʻlishi mumkin

Rossiya chempionatida toʻp surayotgan ikki hamyurtimiz mavsum yakuniga koʻra eng yaxshilardan biri sifatida tan olinishi mumkin.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yakuniga yetgan RPL joriy mavsumining eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilishi mumkin. Bu borada uning ismi oʻntalik yakuniy roʻyxatdan joy olgan.

Uning asosiy raqobatchilari sifatida Serdar Azmun. Artyom Dzyuba, Nikola Vlashich, Aleksandr Miranchuk kabi futbolchilar koʻrsatilmoqda.

Maʼlumot uchun Eldor Shomurodov “Rostov” tarkibida 28 ta oʻyinda 11 ta gol kiritib, 6 bor sheriklariga golli pas berdi.

Shuningdek, Rossiya chempionatida toʻp tepayotgan yana bir iqtidorli futbolchimiz Oston Oʻrunov mavsum yakuniga koʻra “Eng yaxshi yosh futbolchi” boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, “Ufa” safida mavsumning ikkinchi yarmidan harakat qila boshlagan hamyurtimizga Moskvaning “Spartak” va SSKA klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169