Karantin choʻzildi, bu onlayn shaxmat musobaqasida qatnashish va “Spark” avtomobilini yutib olish imkoningizni oshiradi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida sogʻlom turmush tarzini yana-da ommalashtirish, xususan aholi orasida aql-zakovat sporti boʻlmish shaxmatni keng targʻib etish maqsadida joriy yilning 20-iyulidan boshlab onlayn shaxmat musobaqasini eʼlon qilgandi.

“Uyda qol – gʻalaba qozon” shiori ostida oʻtkazilayotgan ushbu shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasida qatnashish uchun shu kungacha 3 500 nafardan ortiq yurtdoshimiz CHESS.COM saytida “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” https://www.chess.com/club/uzbekiston-respublikasi... sahifa orqali roʻyxatdan oʻtishgan. Biroq bu soʻnggi chegara emas va musobaqada qatnashish istagidagi yurtdoshlarimiz bemalol, hozirning oʻzida yuqorida koʻrsatilgan manzil orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

20-iyuldan start olgan shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasida har kuni oʻrtacha 2 mingga yaqin shaxmatchi gʻoliblik uchun oʻzaro dona surishmoqda. Va har bir turnir yakuniga koʻra eng kuchli 10 nafar shaxmatchi saralab olinmoqda. Ular esa shu yil 20-dekabr kuni Toshkentda oʻtkaziladigan Grand Final gʻolibligi va albatta “Spark” avtomobilini qoʻlga kiritish uchun oʻzaro bahslashadi.

Shoshiling, imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Karantin davrida shaxmat oʻynang hamda Yangi yilni yangi avtomobil bilan kutib oling!

Muhim eʼlon: 24-iyul kuni CHESS.COM platformasida yuzaga kelgan texnik nosozliklar tufayli shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasida 5-turnir bahslari yakuniga yetmay qoldi. Shu sababli 24-iyul kungi oʻyin natijalari inobatga olinmaydi va mazkur turnir 30-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.

Barchaga omad tilaymiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 17:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169