Psixolog-mutuxassislardan qoʻrquv va stressni yengish boʻyicha maslahatlar

Bugungi pandemiya sharoitida koʻpchilikda stress, xavotir yoki qoʻrquv kabi salbiy holatlar kuzatilayotgan boʻlishi tabiiy. Ularga psixologik yordam koʻrsatish hozirgi vaziyatda juda dolzarb. Psixologik mazmunga koʻra, pandemiya sharoitidagi bezovtalik odamlarda vaziyatni yana-da qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati Oʻzbekiston Milliy universiteti Psixologiya kafedrasi psixolog-mutaxassislarining amaliy tavsiyalari bilan tanishtirishga jazm etdi. Marhamat psixologiya fanlari doktori Dilbar Muhamedova va katta oʻqituvchi Bobur Abdullayevlarning foydali maslahatlari bilan tanishing:

ISHONCHLI MANBALARNI OʻQING!

Avvalo, kasallik haqidaJahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Respublikamiz sogʻliqni saqlash idoralarining ishonchli manbalariga tayanish juda muhimdir. Siz u orqali JSSTning “COVID-19” haqidagi savollari va javoblarini oʻrganishingiz yoki koronavirus infeksiyasining qanday tarqalishi, uni yengib oʻtishning tibbiy choralari haqida aniq maʼlumotlar olishingiz mumkin. Agar siz yangiliklarni oʻqiyotganingizda oʻzingizda vahima qoʻzgʻalishini his qilsangiz va xavotirlik hissi sizda oshsa, internetda oʻtirishdan vaqtingizni cheklang. Vahimali fikrlar bilan yolgʻiz qolmaslik uchun, siz yangiliklarni oʻqishingiz uchun kuniga 30 minut vaqt ajratishingiz foydalidir, albatta kunning birinchi yarmida oʻqing. Keyin, qanday maʼlumotni tarqatayotganingizga ham eʼtibor bering. Tasdiqlanmagan maʼlumotni vahimaga tushmasdan oʻchirib tashlang.

VAYRONKOR MUNOZARALARDA QATNASHMANG!

Turli xil salbiy fikrlarga ega boʻlgan odamlar bilan bahslashish uchun kuch sarflamaslikka harakat qiling. Hozirgi paytda oʻz hissiy holatingiz qanday ekanligiga,munozaraga kirishganingiz uchun ishonchli manbangiz bor yoʻqligiga katta eʼtibor bering. Oʻzingizni va atrofingizni bezovtalik hissi bilan baholamang, oʻzingizga va boshqalarga nisbatan nohaq munosabatlardan tiyiling.

KUNDALIK HARAKATLARINGIZ HAQIDA OʻYLANG!

Kundalik hayotingizni tashkil etadigan narsalarga va siz boshqarishingiz mumkin boʻlgan narsalarga eʼtibor bering. Kundalik odatdagi tartibni bajarishga harakat qiling, uyquni, ovqatlanishni, jismoniy faollikni kuzatib boring, gigiyena tavsiyalariga rioya qiling, shifokor tavsiyalariga amal qiling, agar mavjud boʻlsa, muntazam ravishda koʻrikdan oʻting.

Nomaʼlum va haddan tashqari tashvishli vaziyatlarda, yordam soʻrashdan qoʻrqmang, shaxsiy uchrashuvlar cheklangan paytda yaqinlaringiz bilan mobil aloqada boʻling.Agar his-tuygʻular sizni ortiqcha tashvishga solayotganini sezsangiz psixolog, psixoterapevtdan yordam soʻrang.

INSON KORONAVIRUS PANDEMIYASI PAYTIDA VAHIMA BILAN QANDAY KURASHISH KERAK ?

“COVID-19”, shuningdek, yurtimizdagi karantin holati bilan bogʻliq vaziyat albatta, odamlarning hissiy holatiga oʻziga hos taʼsir etishi tabiiy. Biz bu vaziyatni boshdan kechiryapmiz va unga har xilmunosabatda boʻlyapmiz. Kimdir eʼtibor bermayapti, kimdir gʻazabda, qoʻrqadi va kimdir xafa boʻladi – vahima ichida kimdir sodir boʻlayotgan voqealarda aybdor boʻlganlarni qidirmoqda.U nafaqat virus vahimasini, balki insonlar oʻrtasida axborot koʻchkisini paydo etadi. Yaʼni bu psixologiya fani tilida psixologik infeksiyani yuzaga keltirmoqda.

Bizningcha, “Pandemiya” vaziyati bilan bogʻliq psixologik infeksiyani keltirib chiqarayotgan psixologik omillar bu “kayfiyat” va “vahima” hislaridir. Psixologik infeksiya - bu vahima va qoʻrquvdan iborat boʻlib, uning taʼsiri nafaqat organizmga balki, butun jamiyat kishilari psixikasiga taʼsir etadi. Shuning uchun, axborotlar oqimi va unga boʻlgan munosabatni inson adekvat tarzda oʻzgartirishi lozim. Qoʻrquv eng xavfli psixologik infeksiya sifatida salbiy oqibatlarga ega. Qoʻquvdan farqli oʻlaroq, vahima bilan kurashish osonroq.

Bizning ayrim psixologik maslahatlarimizga amal qiling: voqelikka eʼtibor qarating, nima boʻlayotgani haqida oʻylang, lekin kechayu kunduz axborot oqimida boʻlmang, vahima qoʻzgʻatishni kamaytiradigan boshqa hayotiy, qiziqarli maʼlumotlarga eʼtibor qarating!

QOʻLINGIZDAN KELADIGAN 20 TA FOYDALI ISH

Sogʻlom turmush tarziga erishish uchun amaliyotchi psixologlar quyidagi foydali ishni kun tartibiga kiritishni tavsiya etishgan:

- Doim bir xil vaqtda uxlang, bir xil vaqtda uygʻoning.

- Nonushta, tushlik, kechki ovqatni har kuni bir vaqtda tanovul qiling.

- Bir sutkada 8 soatdan koʻp uxlamang.

- Yotishdan oldin bir oz piyoda yuring, toza havodan bahramand boʻling.

- Kun davomida kamida 1,5 litr suv iching.

- Har kuni meva-sabzavotlar yeng.

- Yotishdan oldin bir stakan qatiq iching.

- Kun davomida kompyuterdan 2 soatdan ortiq foydalanmang.

- Tashqi koʻrinishingizga eʼtibor bering.

- Tongda yuguring yoki piyoda yuring.

- Sport bilan muntazam shugʻullaning.

- Ertalabki badan tarbiyani kanda qilmang.

- Har kuni 5 ta yangi soʻz oʻrganing.

- Har kuni uyingizni tartibga soling, keraksiz narsalardan voz keching.

- Har kuni yangi narsa oʻrganishga harakat qiling, bugungi kuningiz kechagisidan farq qilsin.

- Har kuni kamida 10-15 sahifa kitob oʻqing.

- Oʻzingizda sabr-qanoat fazilatini shakllantiring.

- Insonlarga chiroyli muomalada boʻling.

- Faqat yaxshi niyat qiling.

- Tabassum qiling.

STRESSNI DAVOLASH VA OLDINI OLISH

Barchaga maʼlumki, yaxshi uyqudan koʻra yaxshiroq dori yoʻq. Shunday ekan, siz qanday uxlashingiz haqida oʻylab koʻrishingiz kerak. Quyida uyquni yaxshilashga yordam beradigan baʼzi tavsiyalar keltirilgan.

· Muntazam mashqlar normal uyqu uchun katta yordam beradi. Ularni yotishdan ikki soat oldin, ochiq havoda bajarish tavsiya etiladi.

· Uxlashdan oldin issiq vanna qabul qilib, sokin musiqa tinglashingiz mumkin. Har kuni buni qilishga harakat qiling.

· Uyqu normal va sogʻlom boʻlishi uchun organizmga melatonin deb ataladigan gormon kerak. U gormon esa guruch, bugʻdoy, arpa, pista urugʻi, quritilgan oʻrikda koʻp boʻladi.

· Yotoqxona shovqinli va yorugʻ boʻlmasligi kerak, bular tinch uxlashga xalaqit beradi.

· Stressli vaziyatni yengishda bir tekis va sokin nafas olish yordam beradi. Nafasni burun orqali chuqurroq olish kerak, chiqarishda esa sekin, ogʻiz orqali chiqarish kerak.

· Stressda toʻgʻri ovqatlanish ham muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat oson va yaxshi hazm boʻlishi kerak. Shoshmasdan, kam-kamdan ovqatlaning. Ovqatlangandan keyin bir oz dam olish kerak.

v Stress bilan kurashishda xalq tabobati usullari bor. Moychechak yaxshi taʼsirga ega. Uning damlamasi bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik bilan kurashadi va tinchlantiruvchi taʼsirga ega. Bu zoʻriqishni, tashvishlarni yengillashtirish uchun ishlatiladi, hatto ogʻir stressda ham yordam beradi.

Agar siz karantinga yoki izolyatsiyaga olingan boʻlsangiz, bularni nafaqat oʻzingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham qilayotganingizni esda saqlang.

Suhbatdosh:

Humoyun OMONOV

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 17:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169