Sport majmualari ham shifoxonaga aylantirilmoqda

Hozirgi pandemiya sharoitida Hukumatimiz tomonidan COVID-19ga qarshi kurashish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, poytaxtimizning Shayxontohur va Sergeli tumanlarida “COVID-19” bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilmoqda.

Ushbu maskan 520 nafar bemorlarning salomatligini tiklash uchun zarur boʻlgan tibbiy jihoz va uskunalar bilan taʼminlanadi. Buning uchun majmua IVL va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan taʼminlanmoqda.

Qolaversa, 150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun ham yotoqxona tayyorlanadi.

Shuningdek, Sergeli tumanining 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi majmuasida ham 250 oʻrinli davolash maskani tashkil etilmoqda. Bu yerda tibbiyot xodimlari uchun binoning hovlisida maxsus palatkalar qurilmoqda.

Ayni paytda maskanni eng zarur boʻlgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda.

Har ikki maskanda ham shifoxonalardek, sharoitni yaratish uchun mutaxassislar bilan hamkorlikda, ularning tavsiya va koʻrsatmalari bilan ish olib borilmoqda.

Ushbu yangi quvvatlar yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169