Bektemir Meliqoʻziyevning jangi ortga surilishi mumkin

Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori Bektemir Meliqoʻziyev professional boksdagi navbatdagi jangini ushbu oyda oʻtkazmasligi mumkin.

Oldinroq bokschimizning 24-iyul sanasida AQSHda ringga koʻtarilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Ammo, jang oʻtkaziladigan sananing yaqin ekanligi bois unga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrish borasida muammolar yuzaga kelishi mumkinligi hisobga olinib, jang sanasiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Qolaversa, hozirda okean ortida mashgʻulotlarini olib borayotgan Meliqoʻziyevning keyingi jangi uchun raqibi ham aniq emas.

Shu kabi sabablarga koʻra hamyurtimizning jang olib borishi sanasi 28-avgustga koʻchirilishi mumkin. Ushbu sanada Xorxe Linares va Xaviyer Fortuna jangi oʻtkazilishi belgilangan.

Hozirda Bektemir Meliqoʻziyevning promouterlik kompaniyasi hamyurtimiz uchun raqib izlamoqda. Ayni paytda bir nechta bokschilar bilan muzokaralar olib borilmoqda va tez orada raqib nomi omma uchun eʼlon qilinadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 17:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169