Endi Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlari qanday davom ettiriladi?

Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra mamlakatimiz boʻylab karantin talablari birmuncha kuchaytirildi.

Bunga muvofiq, respublikamiz boʻylab bir qancha “yashil” hududlarda karantin talablari asosida ish faoliyatini boshlagan sport seksiyalari endilikda yopildi. Ommaviy sport tadbirlari ham bekor qilindi.

Joriy yilning 13-iyunidan boshlab Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlariga start berilgan edi. Ortda qolgan davr mobaynida chempionat ishtirokchilari oʻrtasida 5 ta tur oʻyinlari oʻtkazildi. 9-tur oʻyinlari ham belgilan muddatda, belgilangan hududlarda oʻtkaziladi. Ammo, OʻzPFL shu kunlarda Superliganing 10, 11 va 12-tur uchrashuvlarini qanday davom ettirish boʻyicha bosh qotirmoqda.

OʻzPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxoʻjayevning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston chempionatining qolgan 3 ta turi markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida oʻtkazilishi mumkin.

Buning asosiy sabablaridan biri respublikamiz boʻylab avia va temiryoʻl qatnovlari boʻyicha cheklovlar oʻrnatilganligi boʻlmoqda. Cheklovlar klublar uchun qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqaradi.

PFL rasmiysining xabariga koʻra, Superliganing 10, 11 va 12-turlarini markazlashgan holda oʻtkazish boʻyicha chempionatda ishtirok etuvchi klublarga rasmiy xat joʻnatilgan.

“Markazlashgan holatda biz birinchi navbatda Superliga uchrashuvlari davomiyligini saqlab qolamiz, uchrashuvlarni va klublarni nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan qisman xolos boʻlamiz. Bunda albatta IIV, SES hamda MTRK, shuningdek, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, AGMK va “Metallurg” klublarining qoʻllab-quvvatloviga, qolgan jamoalarning esa chempionat uchrashuvlari toʻxtab qolmasligi yoʻlida bir yoqadan bosh chiqarishlariga erishishimiz kerak boʻladi” – deb fikr bildirdi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxoʻjayev.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169