Shomurodovni sotib olish uchun qancha mablagʻ taklif qilinganini bilasizmi?

Rossiyaning “Rostov” klubi va Oʻzbekiston Milliy terma jamoasining asosiy forvardi Eldor Shomurodov joriy transfer oynasi davomida oʻz klubini oʻzgartirishi mumkin.

Oldinroq futbolchimizga Germaniyaning bir qator klublari va Rossiyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida aytib oʻtilgan edi. Ammo, Shomurodovning agenti mijozining faqatgina Yevropaning boshqa chempionatlaridan taklif tushsagina jamoasini almashtirish mumkinligini maʼlum qilgan.

Sport24 nashrining maʼlum qilishicha, Belgiyaning “Gent” klubi Eldor Shomurodovni sotib olish boʻyicha “Rostov” klubiga aniq taklif yuborgan. Taklif boʻyicha belgiyaliklar hujumchimizni sotib olish uchun 5 mln yevro toʻlab bermoqchi edi. “Rostov” klubini taklifning moliyaviy tafsilotlari qoniqtirmagan.

Maʼlum qilinishicha, “Gent” Eldor Shomurodovning transferi uchun toʻlanadigan 5 mln yevroni 3 yil davomida boʻlib toʻlamoqchi. Dastlab Rossiya klubi hisobiga 2 mln yevro, keyingi ikki yilda esa 1,5 mln yevrodan oʻtkazib bermoqchi edi.

Maʼlumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsum RPLda 25 ta bahs oʻtkazib, 11 ta gol kiritdi va 6 ta samarali toʻp uzatishni amalga oshirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169