Oʻtgan oyda yashil hudud – Soʻx tumanida 10 dan ortiq sport musobaqalari tashkil etildi

Joriy yilning 1-iyunidan eʼtiboran Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatimizning “yashil” toifaga kiruvchi hududlarida sport seksiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.

Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida koronavirus pandemiyasiga chalingan inson boʻlmasada, bu hududda ham 1-iyunga qadar karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda sport inshootlari va taʼlim muassasalari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan edi. Respublika maxsus komissiyasining maxsus qaroriga koʻra ushbu tumanda ham sport inshootlari faoliyati qayta tiklangach, mahalliy aholi va yoshlar ishtirokida ortda qolgan 1 oy davri mobaynida 10dan ortiq sport tadbirlari va musobaqalari tashkil etildi.

Joriy yilning 5-8-iyun kunlari Soʻx tumani Soʻgʻdiyona sport majmuasida uyushmagan yoshlar oʻrtasida sportning Yengil atletika turi boʻyicha tuman birinchiligi musobaqasi oʻtkazilgan boʻlsa, 8-10-iyun kunlari Mulgon MFY da joylashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida sportchi yoshlar oʻrtasida sportning boks turi boʻyicha BOʻSM birinchiligi musobaqasi tashkil etildi.

Shuningdek, Soʻgʻdiyona sport majmuasida mahalla yoshlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha mahalla birinchiligi, yoshlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha tuman birinchiligi, nuroniylari oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha MFY birinchiliklari tashkil etildi. Ushbu sport tadbirlari mingga yaqin ishtirokchilar munosib ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Bundan tashqari, 30-iyun “Yoshlar kuni”ni munosib kutib olish va yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Soʻx tumani boʻlimi bilan hamkorlikda Soʻx tumani yoshlari oʻrtasida ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi. Mazkur musobaqada 150 nafar yoshlar qatnashdi.

Oʻtkazilgan marafonning gʻolib va sovrindorlariga Soʻx tumani hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, tuman yoshlar ittifoqi boʻlimi va homiylarning diplom va esdalik qimmatbaho sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169