Onlayn konferensiya orqali yosh iqtidorlar saralab olindi

Bugun Oʻzbekiston taekvando WT assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizning olis hududlaridan boʻlmish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shuningdek Buxoro hamda Xorazm viloyatlaridagi sportchilar orasidan iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida onlayn konferensiya va xorijiy mutaxassis ishtirokida trenerlar uchun vebinar tashkil etildi.

Albatta, hozirda vaziyat qaltis boʻlishiga qaramay vaqt oʻtib bormoqda va trenerlar uchun yosh sportchilar orasidan iqtidorlilarni saralab olish, ularni boʻlajak musobaqalarga tayyorlash, terma jamoalarimiz uchun munosib zaxira shakllantirish muhim sanaladi.

Konferensiyani Oʻzbekiston taekvando WT assotsiatsiyasining viloyat federatsiyalari bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi Husniddin Xodjamqulov olib bordi. Uch bosqichdan iborat vebinarni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston taekvando WT assotsiatsiyasi masʼullari kuzatib borishgan boʻlsa, murabbiylar Aleksandr Kim, Maksim Rafalovich hamda Sobir Nazaraliyev sportchilarning koʻrgazmali chiqishlarini baholab boruvchi Hayʼat aʼzolari safidan oʻrin olishdi.

Onlayn konferensiyada qatnashgan umidli yoshlar texnik-taktik koʻrsatkichlar boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar, zarba berish, shuningdek, bir raund ichida 30 soniyalik tezlikka asoslangan mashqlarni namoyish etishdi. Hakamlar esa ularning iqtidorlarini turli kriteriyalar boʻyicha baholab borishdi.

Ikkinchi bosqichda malakalarini oshirish istagida boʻlgan trenerlarga Oʻzbekiston taekvando WT assotsiatsiyasining xorijlik mutaxassisi Kim Jing Yung ishtirokida tasvirga olingan “Janglar paytida sportchilarda taktik tafakkurni rivojlantirishning ahamiyati va usullari” mavzusidagi mahorat saboqlari videomaʼruza shaklida taqdim etildi.

Vebinar yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan Kim Jing Yungga murojaat qilishdi.

Bir soʻz bilan aytganda, ushbu onlayn seminar unda qatnashgan sportchi va trenerlar uchun har jihatdan foydali boʻldi, deyish mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169