Oʻzbekiston Toshkentda Eron termasini qabul qiladi

Xabaringiz bor, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichidagi qoldirilgan oʻyinlarini shu yilning oktyabr va noyabr oylarida oʻtkazadi.

Mazkur bahslar oldidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida Toshkentda oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazadi. Yigʻin doirasida Vadim Abramov shogirdlari xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda futbolchilarimiz 4-sentyabr kuni Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishadi. Shuningdek, mazkur yigʻin doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushadigan boʻldi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra ushbu uchrashuv 7-sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida oʻtkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 17:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169