Tursunovdan supergol va AGMKdan navbatdagi gʻalaba

Kecha futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superigasining 8-tur oʻyinlari yakunlandi. Kechagi kunning markaziy uchrashuvi Toshkentda mahalliy “Bunyodkor” va restartdan keyin ajoyib oʻyinlar koʻrsatayotgan “Navbahor” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Har ikki jamoa ham joriy mavsum sovrindorlar safidan joy olish va kelgusi yil Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishni maqsad qilishgan. Chempionlik uchun kurashda esa ularning “Paxtakor”ga munosib raqobat taqdim etishi amri maholga oʻxshaydi. Qisqasi, yuqori maqsadlarni koʻzlagan ikki jamoa oʻrtasida bahs ancha shiddatli kurashlar ostida oʻtib, unda omad “qaldirgʻochlar”ga kulib boqdi: “Bunyodkor” – “Navbahor” – 3:1.

Yana bir qiziqarli bahs Olmaliqda mahalliy AGMK hamda “Qoʻqon-1912” jamoalari oʻrtasida kechdi. Mazkur uchrashuvning eng kulminatsion voqeasi sifatida AGMK vingeri Sanjar Tursunovning chamasi 60 metrlardan raqib darvozasini ishgʻol etganligini koʻrsatish mumkin. Ushbu gol nafaqat tur, balki mavsumning eng chiroyli goliga daʼvogarlik qilishi ham mumkin.

Oʻzbekiston Superligasining 8-tur oʻyinlarida qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169