Haydarov ketdi, Haydarov keldi yoxud yoshlarimizni Osiyo chempionligi sari yetaklagan murabbiy endi “Surxon”ni boshqaradi

Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi Termizning “Surxon” klubini yangi mutaxassis boshqaradi. Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan soʻng “Surxon” futbol klubi oʻzbek futbol muxlislariga yaxshi tanish boʻlgan tajribali murabbiy Ravshan Haydarov bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy mavsum avvalida jamoaga fargʻonalik Bahrom Haydarov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Biroq, klubda vaziyat oʻnglanmagach, Haydarov isteʼfoga chiqarildi. Biroz avval “Surxon” jamoasi bosh murabbiyligiga Aleksandr Xomyakov tayinlanishi mumkinligi haqida ham gap-soʻzlar tarqalgan edi.

Ravshan Haydarov faoliyati davomida “Paxtakor” klubi safida koʻp bora Oʻzbekiston chempionligi va kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Oʻzbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarini boshqargan.

2018-yili Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo kubogi gʻolibligini qoʻlga kiritgan va shu yili Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi, deb topilgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169