“Yashil” hudud Angrenda sport tadbirlari oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 27-iyundagi 738-sonli buyrugʻiga asosan Toshkent viloyatidagi “yashil” hududlar toifasiga kiritilgan Angren shahrida 2007-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha festival tashkil etildi.

Musobaqa davomida karantin qoidalariga amal qilingan holda sport maydonchalari dezinfeksiya qilinib, ishtirokchilar gigiyenik vositalar bilan taʼminlandi.

Festivalga 70 nafardan ortiq oʻsmirlar jalb qilindi. Bahslar yakuniga koʻra gʻolib va sovrindorlar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Angren shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda Angren shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan taqdirlandi.

Festival gʻoliblari:

1-oʻrin: Angren shahar BOʻSM;

2-oʻrin: Dukent qoʻrgʻoni jamoasi;

3-oʻrin: “Chotqol” MFY jamoasi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169