Rus diyorida tugʻilib Oʻzbekistonda shuhrat qozongan atlet 54 yoshga toʻldi

Bugun nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyo yengil atletikasida yuksak hurmatga sazovor shaxslardan biri, yurtdoshimiz Andrey Hakimovich Abduvaliyev oʻzining tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Andrey Hakimovich 1966-yil 30-iyunda sobiq Leningrad, hozirgi Sankt-Peterburg shahrida dunyoga kelgan. Yoshligidan sportga mehr qoʻygan Andrey yengil atletikaning bosqon uloqtirish yoʻnalishi bilan shugʻullangan.

Professional sportdagi birinchi jiddiy yutugʻi sifatida 1991-yilgi sobiq Ittifoq chempionatida qoʻlga kiritilgan oltin medalni aytish mumkin. Bu unga 1992-yilgi Barselona olimpiadasi eshiklarini ochadi. Ammo, bu paytga kelib sobiq Ittifoq davlati parchalanib ketgan, mustaqil respublikalar esa hali Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzoligiga qabul qilinmagan edi. Natijada Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmalarini qoʻlga kiritgan atletlar (jumladan sport gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina ham) Barselonada Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi nomidan ishtirok etadi. Quvonarlisi, ilk urinishdayoq Abduvaliyev olimp choʻqqisini zabt etishga erishadi.

1997-yildan esa Andrey Abduvaliyev jahon sport arenalarida Oʻzbekiston nomidan ishtirok eta boshlaydi. U yurtimizga 1998-yilgi Osiyo chempionatining oltin medali hamda xuddi shu yili Bangkokda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarining kumush medalini taqdim etadi.

2000-yilda sportchilik faoliyatini yakunlagan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi Andrey Abduvaliyev keyinchalik oʻzini trenerlikda sinab koʻradi. Bir muddat mamlakat terma jamoasini boshqargan Andrey Hakimovich ayni paytda Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi, hamda Osiyo yengil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti sanaladi.

Biz fursatdan foydalanib Andrey Abduvaliyevni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169