Oʻzbek boksi yulduzlari Olmaliqda yoshlar bilan uchrashdi

“30-iyun – Yoshlar kuni”. Shu munosabat bilan bugun Texnologik tadqiqotlar milliy universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahar filialida Olmaliq shahar hokimi Usmon Rahimov, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov hamda olmaliqlik yoshlar ishtirokida boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda boks boʻyicha koʻplab musobaqalar gʻolib va sovrindorlari, millatimiz faxri boʻlmish Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov, shuningdek Toshkent viloyatidan yetishib chiqqan umidli bokschilar olmaliqlik yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.

Tadbir yakunida bokschilarimizga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169