Joylarda “Yoshlar kubogi” musobaqalari qizgʻin davom etmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizning “yashil” hududlarida “Yoshlar oyligi” doirasida sportning stol tennisi, mini futbol, voleybol va badminton turlari boʻyicha “Yoshlar kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqalar karantin qoidalari asosida ochiq sport maydonlarida ijtimoiy masofa saqlangan hamda tashrif buyuruvchilar soni cheklangan holda oʻtkazilyapti.

Jumladan, Qarshi shahrida viloyat sport oʻyinlari va yengil atletika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi bazasida oʻtkazilgan musobaqalarda 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida esa tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktabi hamkorligida mahallalarda istiqomat qiluvchi uyushgan va uyushmagan yoshlar hamda BOʻSM oʻquvchilari oʻrtasida yengil atletika, mini futbol, voleybol sport turlari boʻyicha musobaqalar hamda ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169