Futbol: milliy termamiz 4-sentyabr kuni Tojikiston bilan kuch sinashadi

Xabaringiz bor, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida oʻtkazadi.

Boʻlajak muhim oʻyinlarga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz sentyabr oyida qisqa muddatli oʻquv-mashgʻulot yigʻinini tashkil etadi. Mazkur yigʻin doirasida milliy terma jamoamiz Tojikiston termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadigan boʻldi.

Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4-sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida oʻtkazilishiga kelishib olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169