Bugun Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tashkil topgan kun

Bundan roppa-rosa 126-yil muqaddam insoniyatning olamshumul kashfiyotlaridan biri boʻlmish zamonaviy Olimpiya oʻyinlariga asos solindi. Oʻtgan vaqt davomida insoniyat ne kunlarni boshidan kechirmadi, deysiz. Biroq, har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan ushbu musobaqalar nufuzi ortsa ortdiki, aslo pasaygani yoʻq.

1948-yildan eʼtiboran butun dunyoda 23-iyun – Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tashkil topgan sana, yaʼni “Olimpiya kuni” sifatida keng nishonlanib kelmoqda.

Bugun kurrai zaminda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli barcha ommaviy tadbirlar, yirik sport musobaqalari bekor qilingan. Jumladan, Tokio-2020 olimpiadasi ham bir yilga kechiktirildi. Buning asosiy sababchisi – koronavirus pandemiyasi. Shunday vaziyatda ham “Xalqaro Olimpiya kuni” dunyoning koʻplab mamlakatlarida oʻziga xos tarzda, yaʼni karantin qoidalariga asosan nishonlanayotgani insoniyatning sportga mehri naqadar kuchli ekanidan darak beradi.

Oʻzbekistonda ham ushbu kun oʻzgacha shukuhda qarshi olindi. “Olimpiya kuni” tadbiri yuzlab sportchi, trener va sportimiz mutasaddilarini ZOOM platformasida birlashtirdi. Shu bilan birga joylarda turli onlayn musobaqalar ham tashkil etildi.

Quyidagi videorolik orqali Oʻzbekistonda joriy yilgi “Olimpiya kuni” qanday nishonlanganiga guvoh boʻlasiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169