Qoʻqonda zamonaviy sport-sogʻlomlashtirish markazi foydalanishga topshirildi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi “2020-2024-yillarda Fargʻona viloyatining Margʻilon va Qoʻqon shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashabbuskor tadbirkor Dilshod Niyozov tomonidan Qoʻqon shahar, Alisher Navoiy koʻchasi 70-A uyda zamonaviy sport-sogʻlomlashtirish markazi qurib, foydalanishga topshirildi.

3 qavatli zamonaviy sport-sogʻlomlashtirish markazining 1-qavati ayollar, 2-qavati esa erkaklar mashgʻulot olib borishi uchun moʻljallangan boʻlsa, 3-qavatdan yakkakurashlarga ixtisoslashgan sport zali oʻrin olgan.

Sport-sogʻlomlashtirish markazida bir kunda jami 180 nafar kishi oʻz salomatligini mustahkamlashi mumkin. Tashabbuskor-tadbirkor hamda sport fidoyisi Dilshod Niyozov tomonidan ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida 16 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Sport-sogʻlomlashtirish markazini qurish va jihozlash ishlariga jami 5 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169