“Sevimli” telekanalining “Sevimli kun” dasturida ertaga SPORT mavzusi

Koʻpming sonli tomoshabinlar auditoriyasiga ega “Sevimli” telekanali oʻzining bir-biridan qiziqarli dasturlari bilan yurtdoshlarimiz mehrini qozongan, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Telekanalning ertalabki dasturlaridan biri “Sevimli kun” koʻrsatuvining ertangi soni esa bevosita sport va salomatlik mavzusiga bagʻishlanadi.

Taniqli xonanda va aktyor Samandar Hamroqulov boshlovchilik qiladigan ushbu tonggi dasturda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot kotibi Otabek Eshmamatov hamda karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempioni Barno Mirzayevalar mehmon boʻlishadi.

Qolaversa, “Sevimli kun”ning faxriy mehmoni sifatida bu gal dasturda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Abdurashid Yoʻldoshev ham ishtirok etadi.

Karate ustasi Barno Mirzayevaning sanʼat sohasidagi iqtidori yoki teleboshlovchi Samandar Hamroqulovning sportdagi mahoratiga guvoh boʻlishni istasangiz, ertaga, 26-may kuni “Sevimli” telekanalida soat 08:15 hamda takroran 13:30da namoyish etiladigan “Sevimli kun” dasturini oʻtkazib yubormang!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169