“Sardobaliklar – biz siz bilan!” yoxud sportimiz yulduzlarining “Sardoba fojiasi” jabrlanuvchilari bilan samimiy uchrashuvi “Zamon” dasturi nigohida

“Sardoba fojiasi“ oqibatida oʻz uy-joylaridan ayrilgan yurtdoshlarimizning bir guruhi Mirzaobod tumanidagi harbiy qismga joylashtirilgan.

Yaqinda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda sportchi va sanʼatkorlar hamrohligida ushbu maskanga tashrif buyurdi va “Sardoba fojiasi“ jabrdiydalarining holidan xabar olishdi.

Taniqli sanʼatkor, Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev hamda xalqaro arenalarda yurt bayrogʻini yuqorilarga koʻtarishayotgan sport yulduzlari bilan boʻlgan samimiy uchrashuv texnogen halokatdan jabr chekkan yurtdoshlarimizning ruhiyatini koʻtarishga xizmat qildi.

Mazkur jarayon “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturi ijodkorlari tomonidan oʻziga xos tarzda yoritildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169