Besh tashabbus amalda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu borada Xorazm viloyatida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi saʼy-harakatlari bilan vohadagi taʼmirga muhtoj bir qancha sport obyektlarini mukammal taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan. Ezgu ishlar bardavom boʻladi deganidek, ushbu xayrli ishga yangiariqliklar ham qoʻshildi.

Yangiariq tumani BOʻSM tasarrufidagi sunʼiy qoplamali maydon, tomoshabinlar uchun moʻljallangan tribuna, kiyinish, tibbiyot va boshqa xizmat koʻrsatish xonalari mukammal taʼmirlanadi. Shuningdek, hududda jamoaviy sport turlari uchun bir nechta maydoncha barpo etish rejalashtirilgan.

Taʼmirlash ishlari “Elementar Asr qurilish” MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jamiyat rahbari R.Matchanovning bildirishicha, sport obyekti uzogʻi bilan bir yarim oy ichida foydalanishga topshiriladi. Tabiiyki, bu Prezidentimiz tashabbusida taʼkidlanganidek, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga kengroq jalb etish, buning barobarida sport inshootidan unumli va maqsadli foydalanish imkonini yaratadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169