Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan, shu kungacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DUKning Shartnoma munosabatlari shoʻbasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Kulatov Sharof Qarshiboyevich Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Sharof Kulatov 1982-yil 19-fevral kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2004-yili Toshkent Davlat Agrar universitetini (bakalavr), 2006-yilda esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan. Oilali, uch nafar farzandning otasi.

Mehnat faoliyatini 2004-yili “Asaka bank” OAJ Yunusobod filiali bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. 2010-2018-yillar mobaynida Xalq taʼlimi vazirligida Nazorat va tahlil boshqarmasi boʻlim boshligʻi, Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika oʻquv-metodika Markazining moliyaviy iqtisodiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020-yildan shu kungacha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DUKda shoʻba boshligʻi lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Sharof Kulatovga masʼuliyatli lavozimda omad tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169