Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasining direktori Ibodullayev Vohid Azizovich 41 yoshga toʻldi.

Vohid Ibodullayev 1979-yil 13-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyalari instituti (sirtqi) hamda Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini esa 1999-yilda Navoiy viloyati hokimligi Kapital qurilish boshqarmasida 1-toifali hisobchi sifatida boshlagan. 2004-2007-yillarda Navoiy viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasida yetakchi mutaxassis, bosh hisobchi lavozimlarida ishlagan.

2007-yildan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi – bosh hisobchi, keyinchalik Navoiy viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi “Maktab taʼlim jamgʻarmasi” shoʻbasi boshligʻi, 2009-2011-yillarda Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona direksiyasi bosh hisobchisi, Navoiy viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi direktori oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

2014-yildan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori oʻrinbosari, direktori, 2018-2019-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Moliya va iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2019-yildan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DUK direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Vohid Ibodullayevni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169