“Oila – muqaddas” onlayn tanlovi eʼlon qilindi, unda sport sohasi vakillari ham oʻz oilalari bilan ishtirok etishi mumkin

15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi joriy yilning 10-15-may kunlari “Oila – muqaddas” shiori ostida “Eng yaxshi oilaviy videorolik” onlayn-tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun siz oila aʼzolaringiz ishtirokida qisqa videorolik tayyorlashingiz va #oilamfaxrim va #oilamuqaddas xeshteglari ostida Facebook yoki Instagram sahifangizga joylashtirishingiz hamda @Oilafestbot telegramm-botiga yuborishingiz kerak.

Davomiyligi 1 daqiqagacha boʻlgan videorolikda oilangiz tarixi, oilangiz barpo etilganiga necha yil toʻlgani, oilaviy sulolangiz anʼanalari va qadriyatlari, erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlar, qiziqishlar, orzu-istaklar, kelgusi maqsadlar aks etishi, umuman, oilangiz haqida boshqalarda yoqimli taassurot uygʻota olishi lozim.

Videorolikni baholashda syujetning oʻziga xosligi, kreativ yondashuv, yangicha qarashlar va gʻoyalar eʼtiborga olinadi.

Telegram sahifasida ochiq ovoz berish orqali aniqlangan gʻoliblar noutbuk, netbuk, planshet va boshqa 100 dan ortiq esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Biz sport sohasi vakillarini ham oʻz oilalari bilan ushbu tanlovda faol qatnashishga chaqirib qolamiz. Zotan sportchilar har sohada oʻrnak boʻlishi lozim!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169