Tugʻilgan kun muborak!

Bugun sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Xolmatov Komil Turniyazovich 54 yoshni qarshilamoqda.

Komil Xolmatov 1966-yil 7-may sanasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan. Dastlab, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan, keyinchalik Respublika pedagogika ilmiy tekshirish instituti aspiranturasida oʻqigan.

Komil Xolmatov mehnat faoliyatini Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasida boshlagan. Soʻngra Respublika Baynalminal madaniyat markazi ish boshqaruvchisi, Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tashkiliy va kadrlar boʻlimi boshligʻi, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati filiali direktori, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Milliy va Xalqaro kurash turlari kafedrasi oʻqituvchisi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy kengashi xodimi, sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi yoʻriqchi-uslubchisi, suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sporti mahorati maktabi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018-yildan hozirgi vaqtga qadar sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Komil Xolmatovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169