Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Eshmamatov Otabek Normoʻminovichning tugʻilgan kuni.

Otabek Eshmamatov 1978-yilning 7-may sanasida Samarqand viloyati Narpay tumanida tavallud topgan. Maktabni tugatgach, Toshkent davlat sanʼat va madaniyat institutining bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1997-yilda Oʻzbekiston radiosi “Yoshlar” radiokanalida muharrir sifatida boshlab, sharhlovchi, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Keyinchalik, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” telekanali sharhlovchisi, “Sport” telekanali “Teledizayn” boʻlimi katta muharriri, “Sport” teleradiokanali teleradioeshittirishlar taʼminot xizmati “Kompyuter informatsiya va mediatexnologiya” boʻlimi birinchi toifali mutaxassisi, katta muharriri, “Sport” teleradiokanali “Maxsus loyihalar, mediatexnologiya va mediametriya” studiyasining bosh muharriri, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mashʼal” radiokanali “Sport dasturlari” muharririyati bosh muharriri, “Mahalla” teleradiokanali, “Mahalla” radiosi “Ijtimoiy-huquqiy dasturlar” muharririyati sharhlovchisi, Mediametriya va reyting sektori bosh mutaxassisi, “Mahalla” teleradiokanali “Badiiy-maʼrifiy dasturlar” muharririyati bosh muharriri oʻrinbosari, katta muharrir, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Veb-sayt axborot tahririyati masʼul muharriri lavozimlarida xizmat koʻrsatgan.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Otabek Eshmamatovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida hamisha omad yor boʻlishini tilab qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169