Karantin davrida murojaatlar online qabul qilinadi

Bugungi kunda koronavirus pandemiyasidan barcha qitʼalar aholisi, yoshu–qari aziyat chekmoqda. Bu ofat balosi bizning yurtimizni ham chetlab oʻtmadi.

Karantin davrida barcha uyda ekanligini inobatga olib, Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining telegram BOTi (@tashkent_minsport_qabulxona_bot) ishga tushdi. Mazkur telegram BOT quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha murojaatlaringizni qabul qiladi:

•Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi qabuliga yozilish;

•Qabul imtihonlari boʻyicha savollarni yoʻllash;

•Shaxsiy murojaatlar;

•Boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Siz azizlarga karantin davrida qulaylik yaratish maqsadida haftaning seshanba va juma kunlari soat 15:00 da ZOOM dasturi orqali Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbariyati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri online qabul ham tashkil qilindi. Toʻgʻridan-toʻgʻri online qabulda qatnashish uchun ZOOM dasturi orqali https://t.me/Tashkent_MinSport_uz telegram kanaliga haftaning seshanba va juma kunlari soat 14:55 dan boshlab ulanish imkoniga egasiz.

2020-yil 7-may kuni soat 14:55 dan boshlab “Respublika hamda xalqaro sport musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlarini oliy taʼlim muassasalariga (tibbiyot yoʻnalishidan tashqari) imtiyozli oʻqishga qabul qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha imtiyozga ega sportchilar hujjatlarini oʻrganish, shuningdek, imtiyozga ega sportchilar tomonidan hujjat topshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida ZOOM dasturi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri online qabul oʻtkaziladi. Unda sizlarni qiziqtirayotgan barcha savollarga mutaxassislar javob berishadi.

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169