Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasidan yangi loyiha

Hozirgi kunda koronovirus pandemiyasi munosabati bilan yurtdoshlarimizning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan shaxmat boʼyicha onlayn dars mashgʼulotlari boʼlib oʼtadi.

Mashgʼulotlarni Oliy toifali murabbiy, "Prof chess" professional shaxmat maktabi rahbari Ravshan Shukurov olib boradi. Ravshan Toxirovich bir necha bor xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi. Shuningdek, uning shogirdlari jahon va Osiyo chempionlari boʼlishgan.

Onlayn mashgʼulotlar 2020 yil 1-10 may kunlari har kuni soat 10:30 dan boshlab ZOOM dasturi orqali videokonferensiya tarzida boʼlib oʼtadi.

Onlayn darslarga qoʼshilish uchun har kuni 10:25 dan boshlab Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi https://t.me/Tashkent_MinSport_uz orqali havola va parollarni olishingiz mumkin.

Mashgʼulotlar yakunida faol ishtirok etgan yurtdoshlarimiz Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanadi.

Qoʼshimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda quyidagi telefon raqamlari orqali maʼlumot olishingiz mumkin:

ZOOM dasturida muammolarga duch kelsangiz Umid Saidov (90) 135-12-34, Humoyun Omonov (93) 409-16-64.

ESLАTMА!!!

– videokonferentsiya vaqtida oʼzingizning telefon yoki kompьyuteringizni mikrafonini oʼchirib qoʼying;

– mashgʼulot davomida savollar yuzaga keladigan boʼlsa mashgʼulotlardan soʼng batafsil javob olishingiz mumkin boʼladi;

– dars mashgʼulotlarida ishtirok etish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! Ramazon oyida uyda qolib shaxmat darslarida faol ishtirok eting!

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
15.08.2020 | 17:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169