Adhamjon Ergashev: “Ushbu virus yurtimizda tarqalib ketishi oldi olinayotgani uchun yurtboshimizga rahmat”

Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyo boʻylab tarqalib borayotgan va inson salomatligi uchun katta xavf tugʻdirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizga ham kirib keldi. Shu munosabat bilan, 2020-yil 16-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopildi.

Hozirda barcha sportchilarimiz oilalari bagʻrida boʻlib turishibdi. Shu jumladan, Adhamjon Ergashev ham.

Yosh iqtidorli atletimiz koronavirus bilan bogʻliq vaziyat, shifookrolar mehnati, karantin davrini qanday oʻtkazayotgani va kelajak rejalari haqida gapirib oʻtdi.

“Butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus yurtimizda keng tarqalishini oldini olish maqsadida yurtimizda oʻz vaqtida ehtiyot choralari qoʻllandi. Buning uchun prezidentimizga tashakkur.

Bugungi ogʻir davrda matonat va sabr bilan mehnat qilayotgan shifokor va hamshiralarga qoyil qolsa arziydi.

Karantinda mashgʻulotlar toʻxtab qolmadi. Murabbiylar kerakli koʻrsatmalarni berib turishibdi. Sport formamni ushlab turishga astoydil harakat qilyapman.

Xudo xohlasa, yaqin vaqtlar ichida barcha muammolar ortda qoladi va xalqaro maydonda yurtimiz sportchilari nimalarga qodir ekanligini yana bir bor koʻrsatishga harakat qilamiz”, deb aytib oʻtdi Adhamjon Ergashev.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
14.08.2020 | 22:41
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169