Koronavirus tahdidi taekvondoga qanday taʼsir oʻtkazmoqda?

Hozirgi kunda butun dunyoga xavf solayotgan COVID-19 virusi sababli 2020-yil 16-mart sanasidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopilganidan xabaringiz bor.

Shuningdek, vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan Oʻzbekiston chempionatlari, Oʻzbekiston kubogi bahslari va xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sportchilarini ishtiroki vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Taekvondo boʻyicha 2020-yil 24-26-mart kunlari Surxondaryoning Termiz shahrida 2003-2005-yillarda tugʻilgan oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi musobaqasi, 10-11-aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo qitʼasidagi litsenzion musobaqa, 3-6-mart kunlari Livanning Bayrut shahrida taekvondo boʻyicha XIV Osiyo chempionati boʻlib oʻtishi kerak edi. Mazkur musobaqalar koronavirus tufayli boshqa sanaga koʻchirilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
27.09.2020 | 05:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169