Hamdardlik bildiramiz

2020-yilning 15-mart kuni haqiqiy sport fidoiysi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport treneri, ajoyib inson va mehribon ustoz Baxtiyor Nosirovich Kozimov 63 yoshida vafot etdi.

Baxtiyor Nosirovich 1980-yildan buyon Samarqand shahridagi ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida chim ustida xokkey boʻyicha trener sifatida faoliyat yuritib kelgan. 40 yillik mehnat faoliyati davomida u koʻplab yosh oʻgʻil-qizlarni tarbiyalab, ularni dastlab Samarqand viloyati terma jamoasi, keyinchalik Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidan joy olishlari hamda Xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishlariga yaqindan koʻmak berdi.

Baxtiyor Kozimovning samarali mehnatlari munosib eʼtirof etilgan holda 1988-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi (treneri) unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Baxtiyor aka Respublika Oliy sport mahorati maktabining chim ustida xokkey boʻlimida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi treneri sifatida ham samarali faoliyat olib bordi. Uning shogirdlari orasidan M.Xolmatov, D.Sharipov, O.Nazarov, Z.Gʻaniyeva, E.Cherkezova, T.Amriddinova, Sh.Tolibova va boshqalar koʻplab Respublika va xalqaro turnirlar gʻolibi boʻlishgan.

Baxtiyor Kozimov mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda mehribon ota va talabchan ustoz sifatida yaqinlari, qolaversa sport maktabi xodimlari, trenerlar va sportchilar xotirasida mangu qoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi B.Kozimovning oila aʼzolari va yaqinlariga Yaratgandan sabr-bardosh tilab, hamdardlik bildiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.06.2020 | 20:56
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169