Gimnastikachi qizlarning nozik va chaqqon harakatlari tomoshabinlarga zavq bagʻishladi

Kecha, 14-mart kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Talaba bahori” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbir gimnastika sport turi boʻyicha oʻtkazildi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Talabalar sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, sport akrobatikasi yoʻnalishlarida tasma, halqa, toʻp va bulavada mashq bajarish boʻyicha bor iqtidori, mahorati va tajribasini, musiqa va ohangni his qilish qobiliyatini namoyish etdi. Tadbir dasturidan koʻpkurash – yakkalik va guruh hamda ayrim gimnastika turlari boʻyicha chiqish mashqlari joy oldi.

Gimnastikachi qizlarning gilamdagi yengil, chaqqon va nozik harakatlari tomoshabinlarga zavq bagʻishladi. Bir soʻz bilan aytganda tadbir barcha ixlosmandlar uchun haqiqiy yoshlik, goʻzallik va sport bayramiga aylandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
24.09.2020 | 18:58
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169