“Maktablar futbol ligasi” Navoiyda start oldi

Navoiy viloyatidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Maktablar futbol ligasi” musobaqasi start oldi.

Bugungi kunda yurtimizda futbolga eʼtibor va uni rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 4-dekabr sanasida imzolangan PF-5887-sonli “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni xam bunga yaqqol misol desak mubolagʻa etmagan boʻlamiz. Ushbu farmonda oʻzbek futbolini rivojlantirishni yangi tizimini yaratish va u orqali butun oʻzbek xalqi orzusidagi Jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalash eng ustuvor qilib belgilangan. Farmonda milliy chempionatlarimizni kuchaytirish bilan birgalikda turli yoshdagi terma jamoalarimizga isteʼdodli futbolchilarni yetkazish xam asosiy vazifalardan biridir.

Farmonda koʻrsatilgan yana bir ustuvor vazifalardan biri bu umumtaʼlim maktablarining 3-4, 5-6 va 7-8 sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Maktablar futbol ligasi” musobaqasini oʻtkazish hisoblanadi. Bu musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad oʻzbek futbolining eng ogʻriqli nuqtasi hisoblangan bolalar futbolidagi muammolarni bartaraf etish va hududlardagi BOʻSM, IBOʻSM, FMM, professional futbol klublariga yosh iqtidorli futbolchilarni saralashdir.

Bugun esa Navoiy shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida ushbu musobaqaga start berilib, 3-4 xamda 5-6 sinf oʻquvchilari oʻrtasida dastlabki sinflar kesimidagi bosqichiga start berildi. Musobaqa davomida uchrashuvlarga maktab jismoniy tarbiya oʻqituvchilari hakamlik qilishmoqda. Bundan tashqari viloyat futbol assotsiatsiyasi bolalar va oʻsmirlar futbolini rivojlantirish mutaxassisi I.Nurullayev xam tashrif buyurib, yosh isteʼdodlarni mahoratlarini diqqat bilan kuzatib bordi. Eslatib oʻtamiz ertaga maktabning 7-8 sinf oʻquvchilari oʻrtasida xam sinflar kesimidagi bosqich musobaqalari oʻtkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.08.2020 | 20:00
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169