Voleybol, basketbol, gandbol va regbi sport turlarini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzolandi

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Universiada-2020” sport oʻyinlarining ortda qolgan musobaqalari hamda oldinda turgan bahslarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlash joizki, yigʻilish ancha keskin va tanqidiy ruhda oʻtdi. Maʼlumki, joriy yilgi “Universiada” sport musobaqalari yangicha tartibda oʻtkazilmoqda. Qolaversa, bu yil musobaqalarda qatnashish tartibi ham oʻzgargan. Endi ushbu oʻyinlarda qatnashish uchun oliy taʼlim muassasasida talabalar sport klublari tashkil etilgan boʻlishi lozim. Aks holda oʻsha jamoaga magʻlubiyat yozilib, musobaqalardan chiqarib yuboriladi. Ammo, lekin, biroq... hali ham koʻplab oliy taʼlim muassasalarida ishga munosabat, yondashuv oʻzgarmaganligi yana bir bor oʻz isbotini topdi. Umid qilamizki, bugungi tanqidiy fikrlardan soʻng oliy taʼlim muassasalarida talabalar sport klublarini tashkil etishga hamda “Universiada” sport oʻyinlariga boʻlgan munosabat ijobiy tomonga oʻzgaradi.

Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5924-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi “Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 122-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, qolaversa Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar ligasi”ni oʻtkazish yuzasidan sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, Oʻzbekiston “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamda sportning oʻyin turlari boʻlmish voleybol, basketbol, gandbol va regbi federatsiyalari oʻrtasida uch tomonlama Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat mamlakatimizda ushbu sport turlarini rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishiga shubha yoʻq.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.10.2020 | 20:57
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169